Ishoqxon ibrat ijodi. Toshkent adabiy maktabi. Fazlulloh almaiy. Karimbek kamiy ijodi



Yüklə 32,92 Kb.
səhifə1/7
tarix19.04.2022
ölçüsü32,92 Kb.
#115370
  1   2   3   4   5   6   7
ozbek adab tarixi amaliy 3 (1)


ISHOQXON IBRAT IJODI. TOSHKENT ADABIY MAKTABI. FAZLULLOH ALMAIY. KARIMBEK KAMIY IJODI. 

Reja:

  1. Ishoqjon Ibratning hayot yo`li.

  2. Ishoqxon to`roning madaniyat va maorifni rivojlantirish yo`lidagi sa`y-harakatlari.

  3. Ibrat-iste`dodli shoir.

  4. Ishoqjon to`ra Ibrat ijodida ijtimoiy-siyosiy mavzu.

  5. Ibratning ilmiy merosi.

Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o’qishga kiradi

Qoʻqon madrasasi tahsili (1878-1886) yillari Isʼhoqxon Ibrat uchun gʻoyat samarali kechdi. Bu yerda u Qoʻqon adabiy muhiti namoyandalari, jumladan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Haziniy va Nodim kabi shoirlar ijodi bilan yaqindan tanishish, oʻqib-oʻrganish, oshno tutinish imkoniyatiga ega boʻldi. Badiiy soʻz tabiatiga oid Abu Nasr Forobiyning “Shoirlarning sheʼr yozish sanʼati qonunlari haqida”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilatu-z-zahhob”, Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir”, “Muhokamat-ul-lugʻatayn” va yana juda koʻp Sharq olimlari asarlarini mustaqil mutolaa qildi. Sharq mumtoz poetikasi fanining koʻpgina sohalarini puxta egalladi.

Ibrat 1886 yili Qoʻqon madrasasini tugatgach, ona qishlogʻi Toʻraqoʻrgʻonga qaytadi va oʻz faoliyatini maʼrifat tarqatishga qaratadi. “Usuli qadim” qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi. Ammo koʻp oʻtmay, mutaassib kimsalar tomonidan bu ilm oʻchoqlari “kofirlar maktabi” tamgʻasi bilan taʼqiqqa uchraydi. Shundan soʻng u 1887 yilda, yaʼni 25 yoshlarida Haj ziyoratini niyat qilgan onasi Hurbibiga hamroh boʻlib, Makkai mukarrama safariga otlanadi. Ammo onasi oʻpka shamollashi oqibatida yoʻlda vafot etadi. Isʼhoqxon Ibrat Qobul, Istanbul, Jidda, Makka, Madina kabi shaharlarda boʻlib, soʻngra Hindistonga yoʻl oladi; bir muddat Kalkutta, Mumbay, Dehli shaharlarida yashaydi. Gʻarbning Bulgʻoriya – Sofiya, keyin Afina, Rim shaharlarida boʻladi. Xalq hayoti, turmush tarzi bilan yaqindan tanishadi. Safar davomida arab, fors, hindi, urdu, ingliz tillarini oʻrganadi va eng muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material toʻplaydi.

Ibrat 1896 yili Hindiston, Birma, Xitoy, Qashqar orqali oʻz vatani Namanganga qaytib keladi. Shundan koʻp oʻtmay uning “Lugʻati sitta al-sina” asari maydonga keladi.

1901 yilda chop etilgan bu asar keyinchalik oʻzbekcha-ruscha va koʻp tillik lugʻatlar yaratilishda muhim manbaʼ boʻlib xizmat qiladi. Ibrat keyingi “Jomeʼ us-xutut” asarida (1912y.) dunyodagi qirqdan ortiq tillar va yozuvlar haqida maʼlumot beradi. Ibratning teran fikrli moziyshunos salohiyatini namoyon etadigan asari, bu – “Tarixi  Fargʻona”(1916)dir. Unda Qoʻqon xonligi va, umuman, Turkistondagi xonliklar inqirozi, mustamlakachilik zulmi, eng muhimi, xalqning yorqin kelajagiga ishonch ruhi oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, 1928 yilda yana bir muhim asari – “Mezon ul-zamon” yaratiladi.

Isʼhoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908 yildayoq Namanganda “Matbaai Isʼhoqiya”ni tashkil etib, kitoblar nashriga kirishadi, ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi ilm-maʼrifat va maʼnaviyat rivojiga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan koʻplab kitoblarni chop etadi.

Ibratning shoir sifatida ham koʻplab sheʼrlar yaratgani, hatto devon tartib berganligi haqida maʼlumotlar bor, lekin devon bizgacha yetib kelmagan. Faqat oʻsha davr matbuotida eʼlon qilingan sheʼrlarigina saqlanib qolgan. Ibratning mazkur sheʼrlari asosan tarbiyaviy, maʼrifiy, axloqiy, didaktik mazmunda. Jumladan, u bir sheʼrida:

Senga bu olam gʻanimatdur,

Barcha ashyosi neʼmatdur, –

deya oʻzining hayotga, jamiyatga, tiriklikka boʻlgan munosabatini anglatadi.

Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targʻibotchisi sifatidagi xizmatlari ham beqiyosdir. U asos solgan “Kutubxonai Isʼhoqiya” fondi bu jihatdan ancha boy boʻlib, kitob berish va olish maʼlum tartib-qoida asosida yoʻlga qoʻyilgan edi.

Ezgu va xayrli ishlari tufayli xalq hurmatini qozonib, qozilik darajasiga koʻtarilgan Ibratning ilm-fan, madaniyat, maktab-maorif sohasidagi jonbozligi ayrim gʻalamis mutaassiblarning gʻayrli munosabatlari tufayli koʻp toʻsiqlarga uchradi. 1937 yilga kelib esa uning barcha faoliyatiga chek qoʻyildi, kitoblari yoqib yuborildi. Oʻzi esa yovuz kuch – Stalin qatagʻoni qurboniga aylandi. Shuʼla zulmat qoshida mahv etildi. Faqat istiqlol davriga kelib adibning muborak nomi va benazir ijodi asl qadr-qimmatini topdi. Kitoblari chop etilib, oʻzi tugʻilib oʻsgan Toʻraqoʻrgʻonda Isʼhoqxon Ibrat muzeyi ham tashkil etildi.

Karimbek Kamiy — milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyo-tining yirik vakillaridan biri. Shoir Amoniyning «Dar madhi janobi mavlono Kamiy Toshkandiy» she’rida shunday misralarni o‘qiymiz:

Ayladi Farg‘onani bul dam musaxxar har so‘zi,
Balki Islombulni oldi qavli mavlono Kamiy.

Kamiy so‘zlarining Farg‘onaga yetib borganligiga shubha yo‘q. Uning she’rlari asr boshida boshqa bir xonlik hududida — Kogonda chop etilgan bayozlarda uchraydi. Xorazmlik shoir Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining Kamiy g‘azaliga yozgan muxammasi bor. Shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» she’ri 1906 yildayoq Sankt-Peterburgda chiqadigan «Ulfat» gazetasida bosilgan. Bularning barchasi Kamiy she’rlari asrning dastlabki yillaridayoq Turkiston chegarasidan chiqa boshlaganini ko‘rsatadi. Amoniy aytmoqchi, mavlono Kamiy so‘zlari «balki Islombulni oldi». Darhaqiqat, shunday. 1918 yil Istanbulda chop etilgan M.F.Ko‘prulizodaning «Turk adabiyotida ilk mutasavviflar» kitobida Kamiy ijodidan namunalar uchraydi. Bu 10-yillarda shoir she’rlarining Turkiyaga qadar yetib borganiga dalolat qiladi.




Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin