O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org


Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TALIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
A.Yu.Xudoyberdiyev
TURISTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish» sohasining
5810600-«Turizm operatorlik xizmatlarini tashkillashtirish», 5810700-«Turizm
menejmenti» va 5810700-«Turizm marketingi» bakalavriatura talim yo’nalishlari
uchun
MA’RUZALAR MATNI
SAMARQAND-2008



A.Yu.Xudoyberdiyev. Turistlar xavfsizligini ta’minlash: – Samarqand, 2008. – 234 b.


Taqrizchilar:
1. J.M.Qurbonov – SamISI «Xizmatlar ko’rsatish, servis
va uni tashkil etish» kafedrasi mudiri, professor
2. I.Suvonov «O’zbekturizm» MK Samarqand viloyati
mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi
Annotasiya
Turistlar xavfsizligini ta’minlash fani turizm yo’nalishidagi (Turizm menejmenti, Turizm
marketingi, Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish) talabalar uchun mo’ljallangan. Ma’ruza
matni o’z ichiga turizmda xavfsizlikning huquqiy asoslari, standartlari va turizmda xavfsizlikning
o’zbek qonunchiligi, turizmdagi rasmiy tartib-qoidalar, jumladan, pasport va vizalar, valyuta
almashtirish, bojxona rasmiylashtirish tartiblari hamda hujjatlarni legallashtirish muammolari
mavzularini oladi. Bundan tashqari, kriminal xavfsizlikning umumiy masalalari, mehmonxonada va
avialaynerlarda xavfsizlik qoidalari, bojxona nazorati, xususiyatlari va turist xavfsizlik masalalari,
bojxona hududiga olib kelish va olib ketish qoidalari, migrasiya xizmati ishlari xususiyatlari ham
yoritib berilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, turizm biologik, tibbiy xavfsizlik, turistlarni sug’urtalash va
shaxsiy xavfsizlik borasida turistlar uchun bir qator amaliy ko’rsatmalar ham keltirilgan.
Ushbu ma’ruza matni turizm sohasida ta’lim oladigan talabalar va ushbu sohada faoliyat
ko’rsatayotgan xodimlar uchun mo’ljallangan.
© A.Yu.Xudoyberdiyev, 2008.
2





KIRISH
XX yuz yillikning keyingi yillarida va Yangi ming yillik boshlarida jahon
turistik industriyasi rivojlanish sur’atlarining yuqori darajasiga erishdi va jahon yalpi
mahsulotida muhim o’rin egalladi, tovarlar va xizmatlar sohasida yetkachi mavqyega
ega bo’ldi. Ammo ijtiomiy muhit globallashuvi sharoitida va jahon iqtisodiyoti va
siyosati boshqa omillari yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlar, xususan
sobiq SSSR davlatlarida iqtisodiyotni barqaror rivojlanish jarayonlarini tobora
ko’proq murakkablashtirmoqda. Amalda turistlar uchun Yangi hudud hisoblangan va
Yevroosiyo qit’asida alohida geosiyosiy o’rinni egallagan O’zbekiston xalqaro va
mahalliy turizmni rivojlantirish uchun keng istiqbollarga egadir. Boy tabiiy xom-
ashyo potensiali, bo’sh mehnat resurslarining mavjudligi, siyosiy barqarorlik va
xalqaro aviayo’nalishlar tarmog’i ishlab turgani va aloqalar turizmning barcha
turlarini rivojlantirishga imkon beradi. Rang-barang tabiiy iqlim sharoiti, landshaftlar
manzarasi xilma-xilligi va iliq-issiq iqlim turistlarni yil bo’yi qabul qilishga imkon
yaratadi.
Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalaridan biri hisoblanadi va
mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uning rivojlanishiga bog’liqdir. Boshqa tomondan esa
turistik tarmoqning o’zi ichki xavfsizlik tizimini ishlashiga muhtojdir. Bu milliy va
xorijiy turistlarni sog’-salomat va hayot uchun bexatar O’zbekiston va jahonning
boshqa hududlari bo’ylab erkin sayohat qilishlariga imkon tug’diradi. Hyech
shubhasiz, turizm mamlakatlar o’rtasida do’stlik va tinchlikni ta’minlash omili
sifatida siyosiy barqarorlikni mustahkamlash va mahalliy va hududiy majoralarga
barham berish imkonini yaratadi. Ammo Markaziy Osiyo hududi respublika
iqtisodiyoti barcha sohalariga, jumladan turistik industriyaga salbiy ta’sir etuvchi har
xil tendensiyalardan batamom xoli deb kafolat berib bo’lmaydi.
Bular qanaqa salbiy tendensiyalar? Shubhasiz bular sobiq sovet tasarrufida
bo’lgan barcha kengliklardagi siyosiy beqarorlik, avj olib borayotgan harbiy,
ijtimoiy-siyosiy majoralar, fuqaro shaxslarga, jumladan turistlarga nisbatan
zo’ravonlik va jinoyatchilik, yuqori kriminogen vaziyatdir. Albatta, yana boshqa
3



jihatlar ham bor. Turizm fohishabozlik, giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi salbiy


jarayonlarni rivojlanishiga imkon tug’dirishi, jamiyat ahloqiy me’yorlarini yemirishi
mumkin. Bular davlatning o’zi uchun va xavfsizlikni ta’minlash uchun jiddiy
choralar ko’rishni talab qiladi.
O’zbekiston turistik industriyasi har qachongidan ham diqqat bilan jahondagi
keyingi siyosiy voqyealarni kuzatib borayapti. Negaki, AQShning Iroqdagi harbiy
harakatlariga nisbatan qabul qiladigan qarori Markaziy Osiyoda turizmning holati va
rivojlanishini belgilab beradi. 2001 yil 11 sentyabr voqyealari sadosi bu hududda
turistik kelishlarga aks ta’sir etdi, o’z navbatida turistik iqtisodiyot sektori moliyaviy
natijalari bo’yicha sezilarli zarba berdi. Ma’lumki, O’zbekistonning Samarqand,
Buxoro, Xiva kabi shaharlari iqtisodiyoti ko’pincha tashrif buyuradigan sayohatchilar
soniga bog’liq. Turli baholar bo’yicha mehmonlarga bevosita yoki bilvosita xizmat
ko’rsatishda mahalliy iqtisodiyotda band kishilarning 10 dan 25 %gachasi ishtirok
etadi. Ular orasida nafaqat turfirmalar, restoranlar va transport xodimlari, balki
hunarmandlar, fermerlar, xususiy tadbirkorlar (sartaroshlar, ko’ngilochar muassasalar
egalari, kir yuvuvchilar), ijod shaxslari (rassomlar), shuningdek madaniyat
muassasalari va bo’sh vaqtni o’tkazish – teatrlar, muzeylar xodimlari ham bor.
WTO – BTT (Butunjahon Turistik Tashkiloti) bahosicha, 2001 yilda xalqaro
kelishlar hajmi mo’ljaldagi darajadan 0,6 %ga pasaygan, qaysikim, bu 1982 yildan
keyingi birinchi yil vaziyatiga mos keladi. Butunjahon turistik industriyasi sovetining
(World Travel & Tourizm Council - WTTC) prognoz baholarini keltiramiz. Unga
muvofiq 2008 yilda sayohat va turizm jahon industriyasi $ 4,5 trln. Dollardan ortiq
umumiy summada xizmatlar va tovarlar ishlab chiqaradi. Umuman 2013 yilga borib,
qanday bo’lishidan qat’iy nazar jahon turistik industriyasida 9 trln. dollarlik turistik
xizmat va tovarlar ishlab chiqarilishi kerak. To’g’ri, Yaqin Sharqdagi urush
kuchayishi WTTC prognozlari bo’yicha o’sishning bazaviy ko’rsatkichlarini 2,7 %ga
pasaytirishi mumkin.
Shunga qaramasdan, ko’pchilik ekspertlar prognoz baholariga ishonchsizlik
bilan qarashmoqda. Harbiy harakatlar, terrorizm – bu omillarni prognozlarga
qo’shilishi qiyin, demak hududiy va jahon turistik bozoridagi vaziyat haqida biror bir
4



tasavvurga ega bo’lish mushkul. Ayni paytda WTTC Iroqqa urush boshlangan


taqdirda turizm yo’qotishlarini ham baholadi. Prognozlarga ko’ra, murakkab va
cho’zilib ketgan urush turistik biznesni $ 30 mlrd. ga yaqin mablag’dan mahrum
qiladi. Rossiyada tarmoq o’sishi sur’atlari ikki barovar kamayadi. Markaziy Osiyoda
ko’rsatkichlar qanday bo’lishini hisoblab chiqish qiyin, lekin bir narsa aniq, u yaxshi
bo’lmaydi. Shuningdek, kelgusida turistik kelishlarni kamayishini ham kutish
mumkin. Majorani tinch yo’l Bilan hal etish ham qisqa urush sovet tasarrufida
bo’lgan kengliklarda biznesni avvalgi sur’atlarda rivojlantirish imkonini beradi va yil
yakuni bo’yicha bozor hajmi $ 46,6 mlrd. ga yetishi mumkin.
Ayrim o’zbek ekspertlari nuqtai nazariga ko’ra, baho ma’lumotlari MDH
uchun juda umidbaxsh. Negaki, sobiq SSSR respublikalarida o’tgan yuz yillikning
90-yillarida hajm jahon turistik ko’rsatkichlaridan 2-3 %dan oshmagan edi, bu yiliga
$ 10 mlrd. ga yaqin (ulardan $ 7 mlrd. – faqat Rossiya yo’nalishida). WTTC o’z
hisoblarida mahalliy turoperatorlar ma’lumotlaridan foydalanmaydi, balkim BMT,
Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi statistikasiga tayanadi.
Natijada, ekspertlar Inna Kolomenskaya va Aleksey Tixonov yozganlaridek
“mustaqil ravishda bu sektorning turli baholarini olish mumkin.
Bu yondoshuvning qimmati shundaki, turistik bozor rivojlanishi dinamikasini
o’zaro bog’liq turistik nuqtai nazardan iqtisodiyot istiqbollari bilan kengroq tarzda
taqqoslash, baholashga uriniladi.
Gap shundaki, WTTC o’z saflariga bevosita yoki bilvosita jahon turistik
biznesi bilan bog’langan barcha kompaniyalarning vakillarini birlashtiradi va
an’anaviy ravishda nisbatan nufuzli tarmoq takshiloti sifatida qaraladi”.
WTTC ekspertlari tomonidan turizm sohasida iste’molni baholanishi juda ko’p
tarkiblarni – chiqish va kirish hajmidan tortib, davlatning muzeylarni saqlashga
sarflanagan harajatlari, suvenirlar sotishdan tushgan tushumgacha o’z ichiga oladi.
Rossiya bu tashkilot tadqiqot kartasida keyingi yillardagina paydo bo’ldi. Shuning
uchun bo’lsa kerak, uning potensialini baholashda ekspertlar o’rtasida turli bahslar
kelib chiqayapti. Rossiyalik analitiklarning taxminlaricha, sobiq SSSR mamlakati tur
5



bozorida hatto tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati qo’shilganida ham 46 mlrd.


dollar olish qiyin.
Bunday xulosalarga o’zbek ekspertlari ham qo’shiladi. Ularning fikricha,
O’zbekiston umumiy summasi 150 mln. dollardan oshmaydigan xorijiy turizm
hajmiga umid qilaolmaydi. Ehtimol, Mak-Nalti rahbarligidagi Butunjahon turistik
tashkilotining O’zbekistonda ishlagan ekspertlari prognozlari bir muncha
umidbaxshdir. Unga ko’ra, 1996 yildan 2002 yilga borib, respublikada turizmdan
daromad $ 1 mlrd. ga, turistlar soni 1 mln. kishidan oshishi hisoblab chiqilgandi.
Boshqa gap, asosiy daromad statiyalarimni ichki turizm ta’minlaydi.
Ma’lumki, bu xalqaro turizm hajmidagi 6-7 marta ziyoddir. Bularning barchasi milliy
turizm barbod bo’lmagani, aksincha rivojlanishda davom etayotganini ko’rsatadi.
Mamlakatda qad ko’tarayotgan Yangi turistik infratuzilma obyektlari, xususan,
Charvoq suv ombori hududida ko’rilayotgan turistik baza, mehmonxona, eski dam
olish uylarini rekonstruksiya va modernizasiya qilinayotgani bunga imkon
yaratayapti. Ijtimoiy yo’nalishlar bo’yicha turistik yo’llanmalarni nisbatan arzon
narxda berilayotgani ham juda muhim hisoblanadi, masalan, yozgi bolalar
lagerlariga.
2003 yilda bunday ko’lamli ko’rsatkichlarga Rossiya va boshqa Hamdo’stlik
mamlakatlari agar Iroqda urush davom etmasa, uzoqqa cho’ziladigan iqtisodiy va
terroristik urushlar oqibati bo’lmasagina har qanday holatda ham erishishlari
mumkin. Bunday variantda tur sohasi o’sishi 10,4 %ni tashkil qiladi, deb
hisoblashadi WTTC mutaxassislari. Bu Rossiya tur industriyasi (RST) ittifoqi
mutaxassislarining hisob-kitoblariga mos keladi. Ularning prognozlari bo’yicha bu yil
tur bozor o’sish sur’ati bir muncha susayadi va taxminan 10-12 %ni tashkil qiladi.
Faqat gap bu yerda ko’proq chiqish turizmi haqida borayapti. Shunday fikr ham bor,
hatto urush cho’zilib ketganda ham Rossiya baribir turistik sektorning dinamikasini
yetarli saqlab qoladi. Kelgusi o’n yillikda u jadal sur’atlarda rivojlanadi, bunday
dinamika ilgari faqat Hindiston, Xitoy va Turkiyada rivojlangan edi. Ayni paytda
rossiyalik turoperatorlarning Rossiya urushdan boshqa mamalkatlarga nisbatan
6



kamroq zarar ko’rishiga ishonchlari komil. Turistik nuqtai nazardan bunga bog’liq


Markaziy Osiyo davlatlari haqida bunday deb bo’lmaydi.
Shu munosabat bilan ushbu “Turistlar xavfsizligini ta’minlash” fani juda
muhim hisoblanadi. U boshqa xavfsizlik masalalarini (siyosiy beqarorlik,
jinoyatchilik, zo’ravonlik, terrorizm va urushlar) aralash fanlar bilan birgalikda
o’rganadi. Mazkur nashrni tayyorlashda muallif g’arb va vatanimiz olimlari va
ekspertlari materiallaridan foydalandi. Matnlarda turistlarni himoya qilish va
xavfsizlik nazariy aspektlari aniq misollarda qarab chiqildi. Shuningdek, statistik
ma’lumotlar, sosiolog so’rovlar, Internet, “Xorijlik”, “Sayyorchi”, “Sayohat
magazini”, “Sharq biznes xabarnomasi” gazetalarida e’lon qilingan tahliliy va
sharhlangan materiallaridan foydalanildi.
7






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin