Reja: harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
8-MAVZU



8-MAVZU:

DUDUQLANISHNI BARTARAF ETISHDA HARAKATLI VA DIDAKTIK O’YINLAR.

Didaktik o’yinlar.

REJA:

  1. HARAKATLI O’YINLAR;

  2. DIDAKTIK O’YINLAR.

Didaktik o’yinlar kattalar tomonidan tuziladi, o’ziga xos ma’lum bir mazmun va qoidalarga ega bo’lib, bolalarni yuqori darajadagi faollikka undaydi. Eshitish va ko’rish qobiliyatini, mayda qo’l matorikani, taqlidchilikni, ixtiyoriy xotirani rivojlantiradi.

Aniq qoidali va harakatli didaktik o’yinlar barcha duduqlanuvchi bolalarni bir holatga qo’yadi, bu esa ularda intizomlilikni tarbiyalashga imkon beradi. Didaktik o’yinlarda logoped nutqi namuna sifatida katta ahamiyatga ega. Logopedning nutqi korrektsiyalash kursining boshlarida bolalarning tinch aloqa qilishlariga yordam beradi.

Duduqlanuvchi bolalarning noto’g’ri nutqi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lsa ham o’yin davomida namoyon bo’ladi. O’z kamchiligini bilish, o’z nutqlaridan qo’rqish kabilar bolalarni o’yin faoliyatiga kirishishlariga qiyinchilik tug’diradi.

Bunday bolalar o’yin davomida passiv kuzatuvchi bo’lib qatnashadilar yoki umuman qatnashmaydilar. Ba’zida esa aksincha bolalar o’yinda faol ishtirok etadilar.

Didaktik o’yinlar orqali bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Turli yoshda didaktik o’yinlar mazmuni, qoidasi o’zgarib boradi. 5 yoshdagi bolalar didaktik o’yinlarda predmetlar soni va sifati, ularni tashqi ko’rinishi bo’yicha taqqoslashni o’rganadilar. Bu yoshda “Kim birinchi uychani quradi?”, “Ajoyib xaltacha”, “Doiralarni yig’ishtir”, “Rangli idishlar” kabi o’yinlar o’ynaladi.

6 yoshdagi bolalar uchun o’yinlar murakkabroq tusda bo’ladi, ular “Do’kon”, “Juftini top”, “Rasmlarni joylashtir”, “Kimga qancha”, “Domino”, “Kim nima qilyapti”, “Zoologik loto”, “Lego konstruktor”,

“4 chisi ortiqcha” kabi o’yinlardir. Bu yoshda musiqali didaktik o’yinlardan foydalanish bolalar harakat koordinatsiyalarni rivojlantiradi, bularga: “Qaysi musiqa asbobi”, “Ovozni qaytar”, “Musiqiy sado” kabilar kiradi.

Didaktik o’yinlarda bolaning lug’at zaxirasi kengayadi, nutqning grammatik qurilishi, psixik jarayonlar va eng muhim bilish jarayonlari takomillashadi.

Ushbu o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda suhbat davomida o’zini to’g’ri tuta bilish, o’z fikrlarini ketma-ket, aniq aytib bera olish ko’nikmalarini shakllantiradi.

Rasmli didaktik o’yinlarda bolalar predmet va hodisalarni klassifikatsiya qiladilar, bu esa ularni aqliy faolligini oshiradi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin