8. Turistlarni daryo va dengiz transportida tashish.
Dengiz va daryoda turistlarni tashish odatda yo‘lovchi tashish, ekskursiya sayohati, paromlar va sayr kemalarida sayohat ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Dengiz va daryoda turistlarni tashishlarni ta’minlash maxsus kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi (kemachilik, sayr kemalari kompaniyalari), ular ko‘p hollarda turoperatorlar rolida chiqadilar.
Odatda turistlarni tashish uchun suvosti qanotlariga ega tez yurar kemalardan foydalaniladi, ular nisbatan manzilga tez eltishni ta’minlaydi. Ko‘p hollarda dengiz va daryo kemalari turistlarini boshqa transport vositasi bo‘lmagan arxipelaglar yoki orollarga olib borish uchun qo‘llaniladi
BTT (VTO) ekspertlari tomonidan turistlarni joylashtirish vositalarining standart klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
Klassifikatsiyada keltirilgan mehmonxonalar va ularga o‘xshash korxonalar turistlarning guruhlarini nisbatan qulay joylashtirish vositalari sifatida ajralib turadi. Jumladan, mehmonxonalar uchun quyidagi belgilar harakterlidir:
belgilangan minimumdan oshadigan miqdorda xonalar mavjudligi (Rossiyada -5, Belorusda - 10) va yagona rahbarlikka birlashgani;
ko‘rsatilishi shart (xonani yig‘ishtirish, sanuzelni tozalash, har kuni to‘shaklarni tartibga keltirish) va ko‘shimcha (kimyoviy tozalash, kir yuvish, sartaroshxona, avtomobillarni ijaraga berish va h.k.) xizmatlari;
mavjud jihozlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq holda milliy standartlar talablariga muvofiq ravishda klasslar va kategoriyalarga guruhlash.
Mehmonxona korxonalari turli kategoriyalar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Ular o‘rtasida ko‘proq iste’mol qilinadiganlari quyidagilar hisoblanadi: