31
DONOLAR O‘GITI
Luqmoni hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytibdi:
- Aziz o‘g‘lim, bir odam senga tili
burro ekani bilan maqtansa, sen
ham so‘zli ekaning va kerak joyda sukut qilishing bilan maqtan. Aqli
komil bo‘lgan kishi qisqa va ma’noli so‘zlaydi. O‘g‘lim, sen ham so‘zlash
payti va sharoitini topib, oz va kerakli so‘zlarni so‘zla, mahmadonalik
qilma
(51 ta so‘z).
MASAL
Bir kuni Til duduqlana-duduqlana Tishga debdi:
- Nega tishlaysan?
- Uchingdan ozginasini uzib tashlamoqchi edim-da, - deb javob qilibdi
Tish.
- Nima uchun? Gunohim nima?
- Shuning uchunki, ko‘ringanga zahringni sochasan.
Barcha sendan
bezor. Sal qisqartitib qo‘ysam, zora zahringni kamroq sochib, shirinroq
bo‘lsang.
Qissadan hissa: Tilning zahari – joning azobi
(49 ta so‘z).
ATIRGUL
Bir donishmanddan shogirdlari so‘rashibdi:
- Yoshlikni nimaga o‘xshatish mumkin. To‘g‘ri o‘tkazilmagan yoshlik
davri qanday natija beradi?
Donishmand shunday javob beribdi:
- Yoshlik davri atirgulga o‘xshaydi.
Shu guldan kerakligicha
foydalanmay, uni ezib yanchgan kishi qariganda tikanga aylanadi
(37 ta
so‘z).
KIM KUCHLI?
Qadim zamonlarda uchta sarkarda oralaridan kim kuchliroq ekanini
sinab ko‘rmoqchi bo‘lishibdi. Buning
uchun ular shogirdlarini
chaqirishibdi. Har bir sarkardaning shogirdlariga navbat bilan ustoziga
toshlar otib turishni buyurishibdi. Birinchi sarkarda uchib kelayotgan
toshlarni ustalik bilan qaytaribdi. Ikkinchi sarkarda ustalik bilan toshlarga
chap beribdi. Uchinchi sarkardaga esa birorta
ham shogirdi tosh otmabdi
(50 ta so‘z).
ILLAT
Bir donishmand shogirdlariga nasihat qilibdi: Illatlarga qarshi
kurashar ekanmiz, bir tomondan, illatni
bahona qilib hayotimizni
32
qoralashga urinadigan kishilarga yo‘l bermasligimiz kerak. Avvalda
dimiqib qolgan va endi ochiq havoda xursandligidan o‘ynoqlab "polizni
buzadigan" kishilarni tanqid qilishimiz zarur. Ikkinchi tomondan, illatlarga
qarshi kurashda bizga xalal beradigan kishilarga zarba berishimiz kerak...
(48 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: