Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2017 y.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y.

  3. O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.

  4. O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2006 y.

2-MAVZU: Меhnat xuquqining asosiy manbaalari
Asosiy savollar.

1. Mehnat huquqining asosiy tamoyillari tushunchasi.


2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mehnat huquqining asosiy
manbai.
3. Mehnatga oid munosabat sub’ektlari.


Tayanch so’z va iboralar.
Munosabat tushunchasi; taraflarning ijtimoiy munosabat; Huquq munosabati tushunchasi; Huquqiy me`yor; yuridik fakt tushunchasi; yuridik fakt turlari; mehnat munosabatlari tushunchasi; mehnat munosabatlarida taraflar; majburiyat tushunchasi; mehnat munosabatlarida majburiyatlari.


1-savolning bayoni.
Mehnat huquqining o’z sohasiga oid tamoyillari mavjud. Mehnat huquqining tamoyillari deganda, amaldagi qonunchilikda mustahkamlab qo’yilgan asosiy g’oyalar tushuniladi. Bu g’oyalar mehnat huquq normalarining mazmun mohiyatini va ijtimoiy mehnat munosabatlarini huquqiy jixatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini ifoda etadi. Mehnat huquqining mazmun mohiyati bir qancha huquqiy pog’onalarga taaluqli tamoyillari orqali ifodalanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida halqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinadi va Respublika milliy qonunchiligi demokratiya va ijtimoiy adolat tamoyillariga tayanadi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi va mehnat qonunchiligi va mehnat huquqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tamonidan 1948 yil 10 dekabr kungi Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi, shuningdek 1966 yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paketda bayon etilgan huquq normalari va tamoyillari uyg’unlashib ketgandir. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan tamoyillar quyidagilar: Mehnatning erkinligi fuqarolarning mehnat qilish huquqlarga ega bo’lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi, mehnatga oid munosabatlar sohasida xech qanday cheklash va kamsitishlarga yo’l qo’ymasligi, majburiy mehnatning taqiqlanganligi, kishilarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish kafolatlanganligi, mehnat sohasida davlat boshqaruvini ta’minlanganligi, Xalqaro shartnomalar va Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konventsiyalari qoidalari qo’llanilishi va shu kabi bir qancha tamoyillar tashkil etadi. Mehnat huquqining asosiy tamoyillaridan biri O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va huquqning shu sohasiga oid muhim normativ –huquqiy xujjatlarda belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 37-moddasida «Har bir shaxs mehnat qilish , erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir deb ta’kidlanadi. Ushbu qoida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini 23-moddasi mazmuniga mos ravishda tuzilgandir.»
Unga ko’ra huquq tamoyillari;
a) Umumhuquqiy tamoyillar (bo’lar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan).
b) Tarmoqlararo tamoyillar. Bu tamoyillar mehnat, tadbirkorlik ijtimoiy-ta’minot, ma’muriy va boshqa huquq sohalariga oid huquq me’yorlarida aks ettirilgan.
Mehnat huquqi fan sohasi sifatida insonparvarlik tamoyillari: ijtimoiy adolat, kamsitishga yo’l qo’yilmasliga, fuqarolarning qonun oldida teng ekanliklari, qonunchilikka qat’iy rioya etiliishga alohida e’tibor berish kerak.


2-savolning bayoni.
Mehnat huquqining manbalari, bu - sohadagi huquqiy munosabatlarga tadbiq etiladigan qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Shu sababli muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi me’yoriy hujjatlarni tanlay bilish, ularni to’g’ri tatbiq etish ko’p yollanmadan ushbu mavzuni to’liq o’zlashtirishga, talaba mehnat huquqiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari, yuridik kuchi va ta’sir doirasini to’liq tushunib etganligiga bog’liqdir. Mehnat huquqining tarmoqlararo tamoyillari va ularning namoyon bo’lish. Konstitutsiya O’zbekiston Respublikasi Mehnat huquqining etakchi manbalari sifatida. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Mehnat huquqining asosiy manbai sifatida va uning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari Mehnat huquqi manbai sifatida. O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat qo’mitalari aktlari Mehnat huquqi manbai sifatida joylardagi davlat hokimiyat organlari aktlari Mehnat huquqi manbai sifatida lokal normativ xujjatlar Mehnat huquqining manbai sifatida halqaro huquqiy xujjatlar Mehnat huquqi manbai sifatida
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Mehnat huquqining asosiy manbai va uning 3, 7, 9-boblari chuqur o’zlashtirilmog’i lozim. Mehnat huquqining asosiy manbai — O’zbekison Respublikasi Mehnat Kodeksi ekanliga yaxshi anglanmog’a lozim. Chunki, mehnat huquqi sohasiga oid barcha asosiy qoidalar unda jamlangai bo’lib, u kompleks huquqiy hujjatdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37,38,39,40, - moddalari mehnat huquqining asosiy manbalari hisoblanadi. Konstitutsiyaning 37-moddasida takidlanganidek», har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlariga egadir.». Unda yana sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi, deb ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kimning mehnat qilish majburiy ekani ko’zda tutilmaydi.
Halqaro – huquqiy xujjatlarda, jumladan Inson huquqlari Umumjaxon deklaratsiyasi, Inson huquqlari to’g’risidagi halqaro bitim, va boshqa xujjatlarda ko’zda tutilgan ko’zda tutilgan har bir fuqaro mehnat huquqlari O’zbekiston Respublikasi Konstututsiyasida o’z ifodasini topgandir. Asosiy qonunimiz mehnat sohasidagi tenglik kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik Konstitutsiyaga muovfiq fuqorolarning kasb va ish to’rini erkin tanlash huquqining eng muhim kafolatidir. Konstitutsiyaning 38-moddasida mustahkamlangan dam olish huquqidan mehnat shartnomasi kontrakt asosidan mulkchilik va xo’jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasada ishlayotgan xodim shuningdek, ayrim kishilar ixtiyorida ishlayotgan shaxslar foydalanadilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Maxkamasi iktisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga raxbarlikni amalga oshiradi, qonunlar , Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoshyilarining ijrosini ta’minlaydi.
Respublika Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining normativ huquqiy xujjatlari mehnat huquqi manbalari orasida alohida muhim ahamiyatga ega.


3-savolning bayoni.
Bozor iktisodiyoti sharoitida korxonalar turli mulk shakllari asosida tashkil topadi. Uning yuridik shaxs sifatida tashkil etiliish, mazmun-mohiyati va tushunchasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-57-moddalarida bayon etilgan. FKning 39-moddasida ta’kidlaniishcha, o’z mulkida xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo’lgan joyda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxsning o’ziga xos hususiyatlari va muayyan belgilari mavjud.
Yuridik shaxs mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lish kerak.
Foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki bunday maqsadni ko’zlamagan tashkilot ham (notijorat tashkilot) yuridik shaxs bo’lish mumkin.
Yuridik shaxs turli uyushma va ittifoqlarga birlashishi mumkin.
Yuridik shaxs ta’sis xujatlarida nazarda tutilgan faoliyat maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’ladi.1
Yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Huquqiy munosabat­lar sub’ektlari huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi—sub’ektiv xukuq va yuridik majburiyatlar egasi bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslardir.
Mehnat huquqining sub’ektlari deganda, mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat­larning ishtirokchisi va doimiy mehnat xukuq va majburiyatlarga ega bo’lgan hamda ularni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxslar tashkil qiladi.
Mehnatga oid huquqiy layoqat deganda, mehnat qonunchiligi normalariga binoan sub’ektiv xukuq va majburiyatlarga ega bo’la olish qobiliyati tushuniladi.
Mehnatga oid huquqiy muomala layoqati tushunchasi negizida qonunchilikka muvofiq. huquq. va majburiyatlarni muayyan hatti-harakatlar orqali amalga oshirish qobiliyati, imkoniyati tushunchasi yotadi.
Mehnat qonunchiligiga ko’ra, umumiy xukuqiy layoqat va huquqiy muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni fuqaro 16 yoshga tulgan vaqtda vujudga keladi va ayni shu Yollanmai bilan fuqarolik huquqiy layoqat va muomala layoqatidan farq qiladi. Fuqarolik qonunchiligida esa huquqiy layoqat fuqaro tug’iliish bilan, muomala layoqati esa shaxs 18 yoshga to’lgandagina paydo bo’lish, belgilab ko’yilgan.
Mehnat qonunchiligiga muvofiq., mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan xodimlar, ish beruvchilar, mehnat jamoasi hamda xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlar­ning sub’ektlari hisoblanadi. Bu sub’ektlarning har biri o’ziga xos hususiyatga, ya’ni huquqiy statusga ega.
"Status" — (lotincha: "holat" ma’nosini anglatadi) jismoniy va yuridik shaxsning huquqiy holati demakdir.1 Sub’ektlarning statusi deganda, mehnat qonunchiligida mustahkamlab qo’yilgan, uning sub’ekt sifatidagi huquqiy holati tushuniladi.
Sub’ektlarning huquqiy statusi tushunchasi quyidagi Yollanmalarni qamrab oladi:
a) mehnatga oid huquqiy layoqat va huquqiy muomala layoqatini
(huquqiy sub’ektlik);
b) qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni;
v) huquq va majburiyatlarning qonun bilan belgilangan kafolatlarini;
g) unga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi uchun javobgarlikni;
Mehnatga oid huquqiy sub’ektlik holati sub’ektlar­ning qonunchilikda belgilangan o’ziga xos Yollanma sifatida, muayyan shartlar mavjud bo’lganda mehnat sohasida aniq ijtimoiy munosabat­larning sub’ekti bo’lishga qodirligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, uning zimmasiga muayyan huquq va majburiyatlar yuklanadi. Bundan tashqari mehnatga oid huquqiy sub’ektlik holati sub’ektlarning ya’ni xodim ish beruvchi mehnat jamoasi hamda vakillik organlarining aniq ijtimoiy munosabatlarning mazmunini tashkil ztuvchi sub’ektiv huquq va majburiyatlarga ega bo’lish layoqatini ham ifodalaydi.
Sub’ektiv xukuq va majburiyatlar mehnat huquqi sub’ektlarining asosiy o’zagini tashkil etadi va doimo qonunlar mazmunidan kelib chiqadi. Bunday huquq va majburiyatlar mazmuni, odatda tegishli hukuqiy status bilan belgilanadi. Ana shu statuslar asosida belgilangan mehnat huquqlari va majburiyatlari barcha xodimlarga tegishlidir.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin