Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

Nazorat savollari:



  1. O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati mazmunini FKning nechanchi moddasida mustahkamlab qo’yilgan?

  2. Huquq va muomala layoqatdan cheklash mumkinmi?

  3. Huquq layoqati qachongacha kishidan ajralmaydi?

  4. Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi nimada?

  5. To’la muomala layoqati qachondan vujudga keladi?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2017 y.
2.O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y.
3.O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.
4.O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2006 y.


4-MAVZU: Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvi


Asosiy savollar:
1. Jamoa shartnomalari va taraflar.
2.Jamoa kelishuvlari va uni tuzish tartibi.


tayanch so’z va iboralar:
shartnoma; aralash fuqarolik huquqiy shartnoma; pudrat shartnoma; topshiriq shartnoma; mualliflik shartnoma; shartnoma taraflari; shartnoma mazmuni; shartnoma shakli; shartnoma muddati.



  1. savolning bayoni

Jamiyatimiz jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali ijtimoiy sherikchilik tamoyilini rivojlantirish, korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni shartnomalar asosida tartibga solishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan Mehnat kodeksining umumiy qismida jamoa shartnomasi va kelishuv­lariga oid normalar alohida bobda kodifikatsiyalashtirilgan instituti tarzida joylashtirilgan. Mazkur institutning ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali mehnatning shartlari, xodimlarning iqtisodiy-ijtimodiy masalalarga oid munosabatlarini shartnomalar asosida tartibga solish, shuningdeq mehnat jamoasi hamda vakillik organining bu shartnomalarni tuzish borasidagi huquq va vakolatlari kengaytirildi;
muzokaralar chog’ida kelib chiqadigan ixtiloflarni hal qilish tartibi ko’rsatildi;
jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish yuzasidan olib boriladigan muzokaralardan bo’yin tovlaganlik ularning muddatlarini buzganlik komissiyaning ishini ta’minlamaganlik tegishli; axborotlarni taqdim etmaganlik shuningdeq jamoa shartnomasi va ularda kelishuvlarida ko’zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgi -
landi.
Yuqorida ta’kidlanganidek amaldagi Qonunchilikda jamoa shart­nomalari va kelishuvlarini tuzishning asosiy tamoyillari aniq bel­gilab qo’yilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
- qonun xujjatlari normalariga amal qilish:
- taraflar vakillarining vakolatlarga ega bo’lish;
- taraflarning teng huquqligi;
- jamoa shartnomasi va kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni
erkin tanlash va muhokama etish;
- ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olish;
- olinayotgan majburiyatlarning chinakamiga bajarilishini ta’minlash, muntazam ravishda tekishrib borish va javobgarlikiing muqarrarligi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin