Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə6/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

Nazorat savollari:

  1. Shaxslarni turlarini ko’rsating.

  2. Fuqarolik mulkiy munosabatlar tushunchasini aniqlang.

  3. Fuqarolik-huquqiy munosabat qanday qujudga keladi ?

  4. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo’yicha amalda bo’lishini izohlang.

  5. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosi deganda nimani tushunasiz?


Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2017 y.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y.

  3. O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.

  4. O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2006 y.

3-Mavzu: Mehnatga oid munosabatlar.
Asosiy savollar:
1. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi.
2. Ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar.
3. Mehnatni muhofaza qilishga doir huquqiy munosabatlar.
4. Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar.


Tayanch сўз ва iboralar.
Munosabat tushunchasi; taraflarning ijtimoiy munosabat; Huquq munosabati tushunchasi; Huquqiy me`yor; yuridik fakt tushunchasi; yuridik fakt turlari; mehnat munosabatlari tushunchasi; mehnat munosabatlarida taraflar; majburiyat tushunchasi; mehnat munosabatlarida majburiyatlari.


1-savolning bayoni
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari doimiy ravishda mehnat huquqi normalari asosida faoliyat yuritadi.
Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi barcha ijtimoiy munosabatlar mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solingan bo`lib, ular doimo mehnatga oid huquqiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar:
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan ish beruvchilar o`rtasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid huquqiy munosabatlar;
Ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar;
Korxonada kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga oid munosabatlar;
Mehnat muhofazasini nazorat etishga oid huquqiy munosabatlar;
Mehnat nizolarini ko`rishga oid protsessual huquqiy munosabatlar.
Mehnat huquqi normalarining qo`llanilishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlarning barchasini mehnatga oid huquqiy munosabatlar deya tariflash mumkin.
Mehnat huquqining mazmun-mohiyati va asosiy o`zagini xodimlarning mehnatga oid munosabatlari tashkil etadi.
Ularning boshqa munosabatlardan farqi shuki, bu munosabatlar xodim mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanilishi natijasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar sifatida namoyon bo`ladi, chunki mehnat jarayonida unga nisbatan huquq normalari qo`llaniladi. Natijada xodim mehnat sohasida muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar uzluksiz davom etgani sababli harakat yoki topshiriq bajarilgach, tamom bo`lmaydi. Bu munosabatlar shu jihati bilan boshqa, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan farq qiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar topshiriq, pudrat shartnomasi, mualliflik haqidagi shartnoma bajarilgach tugaydi. Mehnat munosabatlari esa uzluksiz ravishda va belgilangan tartibda davom etaveradi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar o`z sub`ektiga ega va aynan shu sub`ektlarning huquq va majburiyatlari mehnatga oid huquqiy munosabatlarning mazmun - mohiyatini tashkil etadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning huquqiy shakli sifatida xodim bilan ish beruvchi o`rtasida mehnat yuzasidan kelib chiqadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi ixtiyoriy ravishdagi aloqa bo`lib, unga ko`ra, xodim korxonada muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha o`zining mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo`ysunib, bajarish majburiyatini oladi, ish beruvchi esa mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi va mehnat shartnomasida belgilangan shartlar asosida haq to`lash va amaldagi qonunchilikka ko`ra tegishli mehnat sharoitini yaratib berish majburiyatini oladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning sub`ektlari sifatida, bir tomondan, xodim, ikkinchi tomondan, ish beruvchi hisoblanadi va ular huquqiy layoqat va muomala layoqatiga ega bo`lishi shart. Shundagina mehnatga oid huquqiy munosabatlar ro`yobga chiqadi. Qonun hujjatlarida xodim deganda O`zbekiston Respublikasining muayyan yoshga etgan, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushuniladi (MKning 14-moddasi). Ikkinchi tomondan korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek 18 yoshga to`lgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mehnatga oid huquqiy munosabatlarning sub`ekti bo`lishi mumkin (MKning 15-moddasi).



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin