Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

3-savolning bayoni
Ma’lumki, mehnat muhofazasi insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan turli tadbirlardan iborat. Bu boradagi qonun qoidalarining asosiy maqsadi fuqarolarning sog’ligi hamda ularning mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, barcha korxonalarda mehnat muhofazasiga oid, shuningdek mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur huquqiy munosabatlarning sub`ektlari sifatida, bir tomondan, mehnat muhofazasining holati hamda mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishga ixtisoslashtirilgan maxsus davlat inspektsiyalari, shuningdek, kasaba uyushmalarining xuddi shunday vazifani bajaruvchi inspektsiyalari faoliyat yuritadi.
Ushbu organlarning huquq va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida» gi 1993 yil 6 maydagi qonunida, Mehnat kodeksining 13-bobi moddalarida, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qo`yilgan.
4-savolning bayoni
Mehnat nizolari protsessual xususiyatga ega bo`lib, sub`ektlar, ya`ni xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida amaldagi mehnat to`g’risidagi qonunlar va normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo’llash yuzasidan kelib chiqadi (MKning 259-moddasi). Bunday yakka nizolar mehnat nizolari komissiyasida, tuman (shahar) sudlarida, ba`zi hollarda, xo’jalik sudlarida ko’rib hal etiladi.
Jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilishga taalluqli huquqiy munosabatlar ish beruvchi va xodimlar jamoasi o`rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o`zgartirish, jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish, ularga o`zgartirishlar kiritish hamda bajarish bilan bog’liq kelishmovchiliklar natijasida vujudga keladi (MKning 281-moddasi).
Bunday huquqiy munosabatlar sub`ektlari, bir tomondan, mehnat nizosini hal qiluvchi yuridiktsion organlari: mehnat nizolari komissiyalari, sud organlari, yuqori turuvchi organlar, kasaba uyushmalari organlari hisoblansa, ikkinchi tomondan, xodim, kasabalar uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari, mehnat huquq inspektsiyalari, ish beruvchi va prokuror bo’ladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin