Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə11/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

So‘ylab beray Zaynab va Omon
Sevgisidan yangi bir doston...
deya boshlanuvchi "Zaynab va Omon" poemasida troplarning deyarli barcha ko‘rinishlarini uchratish mumkin. Negaki, shoir kitobxonning diqqatini ko‘proq tortish, qaxramonning ichki kechinma, xis-tuyg‘ularini aniqroq, ravshanroq ifodalash uchun bunday vositalardan unumli foydalanadi.
O‘xshatish - ikki narsa yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, anikroq, bo‘rttiribroq kursatib berishdir. O‘xshatish juda sodda va eng ko‘p qo‘llanadigan tasviriy vositalardandir. U asosan nutqiy xodisa hisoblanadi. Biz troplarning bir kurinishi o‘xshatishlarga e’tibor qaratdik va tahlilimiz ham shunga asoslanadi. Masalan:
Shod o‘tadi Zaynab kunlari,
Ko‘ngli bahor ko‘kiday toza.
Ko‘kda uchgan qushlarning bari,
Shodligidan olar andoza.
Ushbu to‘rtlikda Zaynabning beg‘ubor ko‘nglini xuddi erta bahorning ko‘kiga, ko‘klamiga o‘xshatish va sifatlash uning shodligini esa osmondagi qushlarning parvoziga o‘xshatish bunga yaqqol misoldir. Yoki:
Yor axtarib boqqanda qiyg‘och,
Qoshi bo‘lib xuddi qaldirg‘och.
Atrofida oylar charx urar,
Tegrasini yulduzlar o‘rar.
Shoir asosiy qahramon Zaynabni sodda, samimiy va go‘zal qilib tasvirlaydi. Undagi o‘zbek qizlariga xos hayo, ibo, tortinchoqlik kabi oliyjanob xislatlar tashqi go‘zalligi bilan hamohang. Avtor Zaynabning qoshlarini qaldirg‘ochga, uning yuzlarini oyga, ko‘zlarini chaqnab turgan yulduzlarga qiyos qiladi. Ana shunday "oy desa oyday, kun desa kunday" go‘zal qiz qalbida sevgi uchkuni zo‘r alanga oladi:
Shudir bahor ochilgan lola,
Shudir dilni qiynagai nola.
Shudir sabza, binafsha ko‘klam,
Shudir qizning boshidagi g‘am.
Shoir Zaynabning beg‘ubor sevgisini ko‘rsatilgan to‘rtlikdagi shu olmoshini takror qo‘llash orqali ham zo‘r mahorat va ta’sirchanlik ifoda eta olgan. Yana bir misol:
Anor so‘zlar va Zaynab qalbi,
Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Huri qo‘yib jon qulog‘ini,
Tinglar ekan lablari titrar.
Ma’lumki, Zaynabning yoshligida ota-onasi vafot etib, yetimlikda azob-uqubatlar chekib yurgan kezlarida Anor xola muruvvat ko‘rsatib, o‘z xonadoniga qiz qilib oladi. Bechora yetim qiz azondan to xuftongacha bu xonadonda tinmay mehnat qiladi. Shunga yarasha qorni nondan to‘ymay, kechalari ham charchog‘u, ham ochlikdan mudrab uxlab qolishi, ust-boshi yirtiq, yamoq holda yelib-yugurishlari, uning qayg‘u-hasratga to‘la yuragidagi nolalar hatto mayin ovozida ham namoyon bo‘lishini o‘qigan kitobxonda qahramonga bo‘lgan mehr uyg‘onishi, tabiiy. Muallif Zaynab Anor xolaning so‘zlarini eshitishi bilan qo‘rquvdan va kuchli xayajondan dag‘-dag‘ titrashini, uning qalbini larzaga solishini, tol bargini shamolda dirrillashiga, dugonasi Hurining unga rahmi kelib, achinib, ko‘ngli yig‘layotganini, shu orqali Xuri va Zaynab o‘rtasidagi haqiqiy do‘stlik, sadoqat borligini yuqoridagi parchada mahorat bilan ko‘rsata olgan.
Opasida g‘azab otashi,
Va Zaynabda andisha g‘ashi.
Yelkasida tog‘day og‘ir g‘am;
Anor ko‘zi ichra jahannam.
Ushbu misralarda ham opasi yoshligida unashtirilgan qizning Sobirga mosligini tushuntirganda Zaynabning norizo kayfiyatidan jahli chiqishini, unda faqat o‘zbek qizlarida bo‘ladigan hayo, ibo, andisha tufayli o‘z sevgisini pinhon tutishini, lekin sevgisini oshkor etmasa bir umr baxtiqaro bo‘lishini tushungan qizning qalbidagi dardni adib "tog‘day og‘ir g‘am"ga o‘xshatadi, chog‘ishtiradi. Anor xolaning g‘azabga to‘lgan ko‘zlarini "jaxannam"ga qiyos qiladi. Yana bir lavxa:
Zaynab shunda qalbiga birdan,
Yashin urgan kabi sapchidi.

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin