Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


II bob. Hamid Olimjon ijodida folklorizm



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə13/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

II bob. Hamid Olimjon ijodida folklorizm.
XX asrning 30-yillaridan boshlab folklor an’analariga murojaat etish o‘zbek adib va shoirlari ijodida nihoyatda kuchaydi. Bularning eng oldingi safida Hamid Olimjon borar edi. U Hamza, A. Qodiriy an’analarini davom ettirib, folklordan oziqlanishning o‘ziga xos yo‘llaridan bordi. Shuning uchun uning ijodiy faoliyatida folklor syujetlari, qadimgi rivoyat va afsonalarining sehrli motivlaridan ko‘ra qahramonlik eposining mahobatli ruhi, uning mubolag‘ali tasvir usullari, badiiy tasvir vositalari ko‘prok o‘rin olganligi ko‘zga tashlanadi.
Baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon o‘zining oliyjanob insoniy g‘oyalarini faqat o‘z she’rlaridagina emas, balki xalq ertaklarining o‘lmas an’anaviy syujetlaridan foydalanib yaratgan adabiy ertaklarida ham targ‘ib va tashviq qildi. Ma’lumki, "Oygul bilan Baxtiyor" dostoni "Malikai Xusnobod" nomli xalq ertagining Hamid Olimjon tomonidan ijodiy qayta ishlanishi asosida yaratilgan. Tadqiqotchi R.Karimboboyova ushbu ertak bilan poemaning mushtarak va farqli tomonlarini bir qadar ko‘rsatib o‘tadi. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, H. Olimjon xalq ijodining ulkan bilimdoni sifatida "Malikai Xusnobod" ertagining syujeti va kompozitsiyasi bilan cheklanib qolmay, o‘z asarida xalq ertaklariga xos bir qancha usullardan o‘rinli foydalanaladi. Oqibatda, folklorga xos motiv va tafsillar kuchli fantastika va extiros bilan tuyingan asar darajasiga ko‘tarildi.
Ulkan iste’dod egasi H. Olimjon poema-ertak syujetini folklorga xos muhim qonuniyatlardan hisoblangan shartli uchlik asosida yaratadi. Bular: voqealar kechadigan uch makonda - Jambil, Jarjon va Susanbil; Oygulga oshiq; bo‘lganlarning uchtaligida ko‘zga tashlanadi. Yuzaki qaralsa, qul Tarlon tomonidan zindondan yashirincha qutkarib olinib, sandiqda daryoga oqizib yuborilgan Oygulning Jarjon mamlakatidagi sarguzashtlari poema syujetini shunchaki kengaytirish uchun ataylab kiritilgandek tuyulishi mumkin. Ammo bu narsa asarning g‘oyaviy-badiiy mazmuni talablaridan, eng muhimi, shartli uchlik qonuniyatiga amal qilingan holda qo‘llanilgan. Chunki bosh qahramonni turli-tuman sinovlardan o‘tkazish talabi ham shuni taqozo etadi.
Poema-ertakning ekspozitsiyasida realistik tasvir shartlari bilan yo‘g‘rilgan individual uslubning xalq ertaklariga xos boshlanma bilan qorishib ketganligining guvoxi bo‘lamiz:
Shoir tarixiy xarakatda ommaning hal qiluvchilik rolini, badiiy jihatdan e’tirof etar ekan, masalaga dialektik nuqtai nazardan yondashib, qullar isyonining ishtirokchi va yo‘lboshchilarini tanishtirib o‘tadi. Keksa Darxon va qizi Oygul rahbarligidagi isyon Zolimxon tomonidan shafqatsiz tarzda bostiriladi. Bosh qahramon shoirning badiiy-estetik konsepsiyasi talabiga ko‘ra muvaffakiyatsizlikka uchraydi. Bu malubiyat esa asardagi keyingi voqealar rivojini ta’minlaydi.
Xalq ertagidagi bosh qahramon Xusnobod mamlakatga podsholik qiluvchi otasining zulmi, adolatsizligi sababli saroydan quvilib, oddiy xalq vakillari orasida haqiqiy do‘stlarini topgan bo‘lsa, poemadagi Oygul zolim xon tajovuzidagi tasodif tufayli omon qoladi. Och va yupun maxbus toleini taqdirdan ko‘rib, sandiq ichida daryoda oqadi.
Ozodlik va poklikka oshufta Oygul zolim podsho xirsining qurboniga aylanishdan o‘limni afzal bilib, o‘zini daryoga tashlaydi. Badiiy shartlilik qonuniyati qahramon qismatiga yangi yo‘l ochadi, uning kelajagi uchun yangi tasodif xozirlaydi.
Xalq kelajakka, ozodlikka va haqiqatga ishonadi. Uning iroda-xoxishi va orzu-niyati yo‘lida armonga aylangan baxt hamda hurlik o‘z sevgani bilan yashash amalga oshadi. Taqdirning g‘ayritabiiy sinovlaridan bardosh bilan o‘tgan Oygul o‘zi kabi yuragi pok yigit Baxtiyor bilan qovushadi.
Dono kelin Oygul Jayxun baliq qornidan topilgan gavharlari evaziga och va yupun kishilarni boqadi. Turli joylardan oqib kela boshlagan muxtoj kishilarni kiyintirib, Susambilni obod mamlakatga aylantiradi. Hurlik va farovonlik nash’asini qurgan xalq Oygul va Baxtiyor rahbarligida zolim va xasis Jambil xoni ustiga yurish boshlaydi:
Jambilning xon, beklari,

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin