Oliy va o’rta maxsus ta’lim


ARKTIKANING YEVROSIYO SEKTORI



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə164/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

ARKTIKANING YEVROSIYO SEKTORI




Tayanch so’z va iboralar: arktika va subarktika, yillik radiasiya balansi, ko’p yillik muzloqlar, muzlik vodiylari, vulqonlar, vulqon mahsulotlari, issiq buloq va geyzerlar, tektonik yoriqlar.

Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyodan shimoli-g’arbda va shimolida joylashgan orollari tabiati bir qancha umumiy belgilarga ega bo’lib, bu umumiylik ularning arktika va subarktika iqlim mintaqalarida joylashganligi bilan bog’liq. Bu hudud tabiatining tafovutlari esa ularning paydo bo’lishi, tarkibi va rel’efi, shuningdek, qaysi sektorda joylashganligi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. Arktikaning Atlantika sektori Shimoliy Atlantika oqimi tarmog’ining ta’siri tufayli iqlimning nisbatan yumshoq ekanligi bilan ajralib turadi. Sharqqa tomon iqlimning kontinentalligi va arktika tabiiy sharoitining og’irligi (qahraton sovuqligi) orta boradi. Arktikaning Yevrosiyo sektorining g’arbiy qismiga Islandiya, Novaya


Zemlya, Shpitsbergen va Frants Iosif yeri orollari kiritilsa, sharqiy qismiga Severnaya Zemlya, Novacibirsk va Vrangel orollari kiritiladi (Ilova, 22-rasm).
Shpitsbergen arxipelagi. Arxipelag 76,5° va 80,5° sh.k.lar orasida joylashgan orollar to’plamidan iborat bo’lib, maydoni 62 ming km2 ni tashkil qiladi, u asosan G’arbiy Shpitsbergen oroli, Shimoli-Sharqiy yer oroli va bir qancha kichik bir-biriga yaqin joylashgan orollardan iborat, tor bo’g’izlar orqali ajralib turadi. Ularning hammasi paydo bo’lishiga ko’ra materik orollari bo’lib, kaynozoy erasining ikkinchi yarmiga qadar Yevropani Grenlandiya bilan tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlaridan iborat. Arxipelagning 800 sh.k. parallel yaqinida joylashganligi, yillik radiasiya balansining iyulga yaqinligi, qutb kechasining uzoq davom etishi bu yerda qoplama muzliklarning, muzdan holi yerlarda ko’p yillik muzloqlarning hosil bo’lishiga, sohillar yaqinida tundra o’simliklari, tog’larda esa sovuq sahrolar o’simliklarining tarqalishiga sharoit tug’diradi.
Orollar rel’efi qadimgi qoplama muzlanishlar ta’siri, sovuqdan nurashning keng tarqalganligi, katta yer yoriqlarining mavjudligi va muzlanishdan keyingi vaqtlarda ro’y bergan ko’tarilishlar bilan bog’liq. Arxipelagning shimoli-g’arbi va shimoli-sharqida tog’ tizmalarining o’tkir cho’qqilari hamda qirralari 1500-1700 m gacha balandlikka ko’tarilgan, muzlik vodiylari bilan bo’lingan va nurash natijasida uyilgan platolar ustun turadi. Shimol va g’arbda sohilni yer po’sti yoriqlari bo’yicha o’tgan fordlar parchalagan. Arxipelagning 1/2 qismiga yaqini muzlar bilan qoplangan, muzlarning qalinligi ba’zan 700 m ga yetadi. Shpitsbergenning iqlim sharoiti qahraton sovuqligi va g’arbi hamda sharqi bir- biridan farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu farq mavjudligining sababi, Shpitsbergen orollarining g’arbidan iliq dengiz oqimi o’tadi. Qutb tuni oktyabrdan fevralgacha davom etadi. Havo harorati yil davomida past, yanvarning o’rtacha harorati sharqda -18°S, g’arbda -12°S, iyulning o’rtacha harorati +30 dan +5°S gacha, maksimal harorat +16°S, minimal -40°S gacha bo’ladi. Arxipelagning muzdan holi yerlarini tundra egallagan, bu yerda bo’yi 20 sm dan oshmaydigan pakana tol va qayinlar uchraydi, yozda bo’tako’z, qutb ko’knorisi, gazak o’t mavjud, katta maydonlarni torfzorlar egallaydi. Arxipelag faunasining turlari kam, lekin shunday bo’lsada, bu fauna tarkibida qutb tulkisi, oq ayiq, shimol bug’usi uchraydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin