Yekskursiya metodi
O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish yo’li bilan ilm asoslarini yegallashga yekskursiya metodi deyiladi. Sa’diyning “Guliston” asarida “safarning foydasi ko’pdir: bag’ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni ko’rasan, g’oyibotlarni yeshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do’stlar bilan suhbatda bo’lasan, bilim orttirasan, molu-mulk, davlatingni ko’paytirasan, do’stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtihon qilasan” deyilgan. Yekskursiya zavodlarga, fabrika, qo’shma korxona kabilarda o’tkaziladi. Yekskursiya o’tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Yekskursiya to’rt yo’nalishda bo’lmog’i lozim:
Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida;
Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga doir;
Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;
San’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid yekskursiyalar.
Yekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:
Yekskursiya haqida yekskursovodning muqaddama suhbati;
Marshrut bo’yicha obyektni kuzatish;
Yekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to’plash.
Mashq metodi-quyidagi turlarga bo’linadi:
Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.
Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.
Muammoli o’qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga yega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari bo’yicha keng qo’llaniladi. Mashq metodi o’quvchilar o’zlashtirgan bilim hosil qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini o’rgatish maqsadida tashkil yetiladi. O’quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:
og’zaki mashq;
yozma mashq;
grafik ishlar (metod);
amaliy ishlari.
Yozma ishlar: ona tili va adabiyot, matematika, shuningdek, tarix va geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. O’quvchilarning yozma mashqlari asosan ko’chirib olish, bayon, yozma ish qog’ozlari, matematikadan misol va masalalar yechish kabilardan iborat.
Grafik ishlar: yozma ishlar jumlasiga kirib, o’quvchilarning o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmagan, bilimlarni ongli va mustahkam yesda saqlab qolishlariga hamda shu sohada ko’nikma, malakalar hosil qilishlariga yordam beradi. O’quvchilarning grafik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: rasm chizish (yoki asliga qarab chizish), geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo’lmagan kartalar chizish, chizma va sxemalar chizish, jadval, diagramma va grafiklar, plakat, albom, stendlar tayyorlash va boshqalar. Grafik ishlarni o’quvchilar bajarganda, o’qituvchilar kamchiliklarni o’z vaqtida ko’rsatishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |