Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan keyin uch
kun ichida Saylovchilarning
yagona elektron ro‘yxatida taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki ro‘yxatini
oladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki ro‘yxatini olganidan keyin uni mazkur
uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish choralarini
ko‘radi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini aniqlashtirish bo‘yicha ishda ishtirok etish
uchun jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlar hokimliklari
saylovchilarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi.
Saylov komissiyalari aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari bo‘yicha saylovchining
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan
sanasi va
yashash joyi manziliga oid tuzatishlar qilib, saylovchilar ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Saylovchilarning ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi
tomonidan tuziladi hamda uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Saylov kuni saylov uchastkalarida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan
olingan
saylovchilar ro‘yxatlaridan foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
27-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi
“Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ-3961-son
Qarori
.
Dostları ilə paylaş: