31
aloqador jarayonlarning mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash
uchun maxsus metodlar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning
metodlari deb yuritiladi.
Zamonaviy fanning ilmiy-tadqiqot metodlari
yosh avlodni tarbiya-
lash, bilimli qilish va o‘qitishning aniq jarayonlariga xos bo‘lgan
ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo‘llari, usullari va vositalarini
o‘rganadi.
Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor mazkur metodlar
yordamida to‘plangan ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Metod (
lotincha “metodos”-“yo‘l”, “uslub”
) tadqiqot yo‘li,
nazariya, ta’limot, deb tarjima qilinadi.
Ilmiy tushuncha sifatida
“metod” so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga
yo‘naltirilgan uslubni, ma’lum maqsadga erishish yo‘lini, tor
ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida
ta’lim-tarbiya jarayoniga
taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik
vaziyatlar mohiyatlari,
mexanizmlari, xususiyatlari o‘rganiladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri
qo‘llansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish
shu darajada yuksaladi.
Zamonaviy sharoitda, bo‘lajak tibbiyot
xodimlariga pedagogik tadqiqot metodlaridan foydalanish bo‘yicha
tavsiyalar:
1. Kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Hujjatlarni tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Tahlil metodi.
8. Pedagogik tajriba metodi.
9. Matematikaviy statistika metodi.
10. Bashorat (prognoz).
32
Dostları ilə paylaş: