va uni korxona maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirishdan
iborat. M a’lum faoliyatga undash jarayoni rag‘batlantirish deb
ataladi. Rag‘batlantirish — bu boshqaruvning negizi, yadrosidir.
Personal faoliyatini rag‘batlantirishning
asosiy omillarini
ko‘rib chiqamiz:
1. Mukofotlash.
Xodimni rag‘batlantirish olayotgan ish
haqi miqdori h am d a boshqa bir qancha yashash sharoitini
belgilovchi om illar (bo‘sh vaqt, uy,
bepul davolanish, far-
zandini bog‘chaga joylashtirish imkoniyati va h.k.) bilan bog‘-
liqdir. Bu om illam ing asosiy qismiga rahbar bevosita ta’sir
eta oladi. D em ak, u o ‘z ishchi-xodimlarini rag‘batlantirishni
tartibga solishi mumkin. Moddiy rag£batlantirishning eng yaxshi
usuli — personalning firma darom adidan yoki firmaning
mulkidan m anfaat ko‘rishidir (bunda aksiyalar ishchi-xodim-
larga sotiladi).
2. Sharoit.
X odim lam i rag‘batlantirishga
ish joyidagi
m uhit, qulayliklar, mavjud shovqin darajasi,
dam olish
xonasining mavjudligi, oshxona, tozalik va boshqa shu kabi
omillar ta ’sir k o ‘rsatadi.
3. Himoya.
Inson kutilmaganda noqulay vaziyatlarga tushib
qolishi m um kin.
Ishdan chetlatilishi, hurm atini yo‘qotishi,
do‘stlar bilan aloqasining buzilishi va h.k. Bunday xatarlaming
birortasiga d u c h kelgan xodim o ‘z halovatini yo‘qotadi va
natijada m ehnat unumdorligi pasayadi. Bunday vaziyatlarda
rahbar p erso n aln i qo‘llab-quw atlashi
va h a r tom onlam a
himoyaga olishi lozim.
4. Shaxsiy rivoj.
Yangi bilmilarga ega b o ‘lish, tajriba
orttirish natijasida xizmat pillapoyasidan ko‘tarilish imkonini
yaratuvchi fa o liy a t xodim da q o ‘shim cha rag‘bat
hissini
uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: