1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar


Sport o‘yinchilarining kun tartibi



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə2/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Sport o‘yinchilarining kun tartibi.
Sport o‘yinchilarining kun tartibida quyidagilarga alohida e’tibor berilishi lozim:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika boshqa sport turlari vakillarinikiga nisbatan uzoqroq davom etadi. Chunki ertalabki gimnastika tarkibiga to‘p bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar ham qo‘shiladi. Shuning uchun uyqudan turgandan to badan tarbiya o‘tkazguncha 30-40 minut qo‘shimcha vaqt ajratiladi, bu vaqtda sportchi yengil nonushta qiladi: pechenye, biskvit, buterbrod, shirin choy, kofe.
2. Asosiy trenirovka mashqlari kalendar musobaqa o‘yinlari o‘tkaziladigan davr oldidan boshlanadi. Bu davrda trenirovka mashqlari har qanday murakkab ob-havo sharoitlarida ham o‘tkazilaveradi.
3. Kun tartibida shuni e’tiborga olish zarurki, sport o‘yinlari musobaqalari aksariyat hollarda kunning kech paytida tugaydi. Musobaqadan keyin ma’lum vaqtgacha sportchilarning asab-psixik tizimi qo‘zg‘algan holatda bo‘lgani uchun, tezda uxlay olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda kun tartibida kunduzgi uyquga maxsus vaqt belgilanadi.
Sport o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.
Sport o‘yinlari mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan zalda tabiiy yorug‘lik talab darajasida bo‘lishi uchun derazalar Shimoly-Sharq yoki Shimol tomonga qaragan bo‘lishi kerak.
Agar zal derazalari Janub-G‘arb yoki G‘arb tomonga qaragan bo‘lsa, derazaning tashqi tomonida quyosh nuridan himoyalovchi moslamalar (ayvoncha, kutarib-tushiriluvchi parda, shuningdek baland o‘suvchi daraxtlar) bo‘lishi kerak.
Sun’iy yorituvchi manba’lar zalning yuqori-yon tomoniga o‘rnatiladi. Ularni to‘p tegib, sinishidan himoyalovchi moslamalar o‘rnatiladi.
Har qaysi sport o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga o‘ziga xos maxsus gigiyenik talablar futbol, basketbol, voleybol gigiyenasi mavzularida alohida yoritilgan.
Futbolning gigiyenik tavsifi.
Hozirgi zamon futbol musobaqalari katta jismoniy va asab-psixik zo‘riqish bilan bog‘liq. Shu bois futbolchini tayyorlashda turli xil gigiyenik tadbirlardan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin