hisob-
kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo‘yicha
alohida holda
yuritiladi.
235. 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida
tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash
u
chun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va
boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi.
Ushbu mablag‘larning kelib tushishi 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul
mablag‘lari” subschyotining debetida va tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi,
xarajati esa, 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotining kreditida va
12 yoki 15 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
235
1
. Quyidagi hollarda hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar
smetasida bo‘shab qolgan mablag‘lar tejab qolingan hisoblanmaydi va tegishli budjetga
qaytarilishi yoki tegishli budjetda qolishi kerak:
budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja
bajarilmaganda;
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat
birliklari to‘ldirilmaganda;
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili
yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganda;
budjet tashkilotlari faoliyati to‘xtatib turilganda — to‘xtatib turilgan davr uchun;
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar
smetalarida nazarda tutilgan,
davlat moliyaviy n
azorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga
xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablag‘larning summalari;
qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan
mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi summalari;
moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining
summalari;
dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, ammo zarurati qolmagan
summalar.
235
2
. Xodimlar sonining to‘ldirilmaganligi natijasida bo‘shab qolgan
m
ablag‘lardan bir yo‘la bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat ko‘rsatish
doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan
birga, ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini
bajarganlik uchun
qo
‘shimchalar belgilashga, shuningdek homiladorlik, tug‘ish va mehnatga layoqatsizlik
nafaqalarini (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari) to‘lash uchun foydalanilishi
mumkin.
235
3
. Budjet tashkilotlarining moliya yilida foydalanilmay
qolgan budjetdan
tashqari mablag‘lari keyingi moliya yiliga o‘tadi hamda ulardan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda foydalaniladi. O‘tgan moliya yilida foydalanilmay qolgan budjetdan
tashqari mablag‘lar keyingi moliya yilida qayta taqsimlanmay o‘sha maqsadlarda
foydalaniladi.
235
4
. Budjet tashkiloti qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan,
o‘zgartirilgan) hollarda, budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha
hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablag‘lar qayta tashkil
etilgan budjet
tashkiloti tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
235
5
. Budjet tashkiloti bo‘lish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir necha budjet
tashkilotini ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etil
ganda budjetdan tashqari mablag‘lar
bo‘yicha hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablag‘lar qayta
tashkil etilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanadi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
235
6
. Budjet tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan saqlash xarajatlari to‘xtatilgan hollarda, budjetdan tashqari mablag‘lar qoldig‘i
mazkur
tashkilot tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
235
7
. Tugatilgan budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha
hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) mablag‘lar qoldig‘i belgilangan
tartibda tegishli budjet daromadlariga o‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
235
8
. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga)
noto‘g‘ri kelib tushgan mablag‘lar qaytarilishi budjet tashkiloti tomonidan to‘lovchi
murojaat qilgan kundan boshlab o‘n bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(235
1
— 235
8
-
bandlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-
martdagi 45-sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan kiritilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son)
Dostları ilə paylaş: