subschyotining
debetida aks ett
iriladi. Ushbu mablag‘larning
tashkilot hisobvaraqlariga
qaytarilishi esa,
aksincha, 11 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 140
“Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi
daromadlarning
hisoblanishi 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotining
debetida va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida aks
ettiriladi. Ushbu foiz ko‘rinishidagi daromadlarning kelib tushishi pul mablag‘larini hisobga
oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 159 “Boshqa debitor
va kreditorlar bilan
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga depozitga
qo‘yilishi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotidagi mablag‘larni
undirish
imkoniyati bo‘lmaganda, mazkur Yo‘riqnomaning
251-bandi
talablari ushbu mablag‘lar
uchun ham tatbiq etiladi.
(248-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 9-dekabrdagi 66-
sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2169-7, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/2169-7/1109-son)
Dostları ilə paylaş: