13.3. Innovatsion-kadrlar menejmenti tushunchasi
va uning asosiy maqsadlari
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hozirgi zamon fan-texnika
taraqqiyoti, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozorlarida
raqobat bo‘lib turgan sharoitda kadrlarga oid yangiliklar
mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylanadi va ular tashkil
etishni hamda boshqarishni talab qiladi. Mana shu faoliyat
sohasini personal boshqaruvida innovatsion-kadrlar m e
nejmenti (IKM) deb ataymiz.
IKM — bu boshqaruv fani bilan tegishli o‘quv kurslari:
innovatsion menejment va personalni boshqarish sohalari
o ‘rtasidagi chegara sohasi bo‘lib, kadrlarga oid ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlar — IIT (mamlakat, mintaqa, tashkilotlar)ni
yangilash va rivojlantirish shakllari va usullariga barham beradi.
IKM obyekti
— tashkilot va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilmalaming kadrlari va kadrlar tizimlarini yangilash va
rivojlantirish jarayonlari, innovatsion xossalari, ehtiyojlari va
mezonlaridir.
IKM subyekti
— tashkilotlar va boshqa tuzilmalaming
kadrlar va mehnat xizmatlarini tashkil etuvchi bo‘limlar,
sektorlar, guruhlar, mutaxassislardir.
IKM ni vaqt jihatidan ancha umumiy pozisiyalaridan,
shuningdek, iqtisodiyotning o ‘tish holati sharoiti nuqtayi
nazaridan qarab chiqib, strategik va taktik maqsadlami ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: