5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə1/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»


5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»
Mashg’ulot hajmi - soat
Reja:
1.O’zbekistonning tabiiy sharoiti
2. Tabiiy resurs turlarini joylashish xususiyatlari
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
4. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish.


Mavzu bo’yicha qo’llanuvchi didaktik va texnik vositalar:
1. O’zbekiston tabiiy resurslarini aks ettiruvchi haritalar
2. O’zbekistonning geografik atlaslari
3. Jadvallar va diagrammalar.


Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1; 2; 8; 12; 17; 18; 19; 21.


1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni.Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlari avvalo uning qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, O‘zbekiston materik markazida, dunyo okeanlaridan ancha o‘zoqda joylashgan. Shu sababli dengiz tutash hududlarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o‘rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari ko‘p jihatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qo‘shnichilik xususiyatlaridan (qanday davlatlar, iqtisodiy rayonlar, dunyo mamlakatlari mintaqaviy guruhlariga tutush yaqinligi, ularning bir-birlariga iqtisodiy ta’sir etish imkoniyatlari) kelib chiqadi.
O‘zbekiston Yevrosiyo materigining qoq markazida, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan. U shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston, sharq va shimoliy-sharqda Qirg‘iziston, sharq va janubiy sharqdan Tojikiston, g‘arb va janubi-g‘arbda Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaralanadi.
O‘zbekistonning kenglik bo‘yicha shimoldagi chekka no‘qtasi Ustyurt platasi (450 361 shimoliy kenglik)da, eng janubiy no‘qtasi Termiz shahri yonida (370111 shimoliy kenglik)da joylashgan. O‘zoqlik bo‘yicha esa chekka nuqtalari 560 001 dan 730 101 sharqiy o‘zoqlikgacha boradi. Respublikamizning 448,9 ming km2 ga teng bo‘lgan maydoni g‘arbdan sharqqa 1400, shimoldan janubga esa 925 km cho‘zilgan. Maydoni jihatidan O‘zbekiston, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveysariya mamlakatlari maydonini qushib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi.
Respublika chegarasining umumiy uzunligi 6221 km. ni tashkil etib, undan 2203 km Qozog‘iston, 1021 km Turkmaniston, 1061 km Tojikiston, 1099 km Qirg‘isiston, 137 km Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Odatda, alohida olingan hudud yoki mamlakatlar iqtisodiy gegorafik o‘rnini o‘rganish, tadqiq va tahlil qilish orqali ularning bugungi rivojlanishi holatiga baho berish va kelajagi haqida fikr yuritish mumkin. Shu jihatdan O‘zbekiston hududining kattaligi va yaxlitligi, qardosh (yalpi qadim Turon zaminidagi) davlatlarga nisbatan markazda ekanligi va mintaqaviy cho‘zilganligi, yer usti tuzilishining bir-biriga muvofiq holatda o‘rin almashishi (tekislikning adir yassi tog‘lik va baland tog‘liklar bilan almashinishi) hududda ijtimoiy taraqqiyot uchun kattagina imkoniyatlar yaratib bergan.
O‘zbekiston hududining o‘rnini iqtisodiy geografik jihatdan uch pog‘onaga: mikro, mezo va makro darajaga bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston hududining mikro darajadagi holati, uning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tutgan o‘rnidir. O‘zbekiston qadim Turon zaminida hamisha salohiyati katta davlat bo‘lgan. Bu ko‘p jihatdan uning geografik markazligidan kelib chiqqan. Yaqin o‘tmish (ya’ni sho‘rolar hukmronligi yillari)da ham o‘rta Osiyodagi respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p sohalarida bog‘langanlar. Markaziy Osiyo davlatlarida bunyod qilingan temir yo‘llar, avto magistrallar, quvurlar ham bir-birlariga bog‘langan.
Umuman olganda har bir davlatning “markaziyligi”, siyosiy hamda iqtisodiy geografik o‘rnining muhim ko‘rsatkichi uning qo‘shnichilik qiladigan mamlakatlar soni, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Albatta, O‘zbekiston Respublikasining 5ta mustaqil davlatlar bilan chegaradoshligi uning yirik siyosiy gegorafik mintaqa markazida o‘rnashganligini ifodalaydi. Bunday holat esa kelajakda, shubhasiz, o‘z ijobiy samarasini beradi. Bir so‘z bilan ta’kidlaganda, Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy ishlab chiqarish-iqtisodiy va madaniy aloqalari faqat O‘zbekiston orqali kechadi.
O‘zbekistonning mezogegorafik o‘rni uning birmuncha kengroq miqyosda mavqiye bilan belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga kirib borishida Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari Kavkaz orti davlatlarining, Turkiyaning, Eronning, Afg‘onistonning ulushi bor. Afg‘oniston orqali Pokiston (va so‘ngra Hind okeani) ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari ochilmoqda.
O‘zbekistonning makrogeografik o‘rni jahondagi davlatlar bilan olib borayotgan aloqalarda belgilanadi. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan ko‘p qirrali aloqalari mamlakatimiz taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ushbu makrodarajadagi aloqalarini MDH ning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqasida Rossiyaning o‘rni katta. Yevrosiyoning Buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi bilan muntazam aloqada bo‘lish O‘zbekistoning manfaatlriga mos keladi.

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin