Yangi tarix tushunchasi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə1/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
jahon tarix


Yangi tarix tushunchasi.

Yangi tarixning asosiy mazmunini Amerika va Yevropaning ilg’or mamlakatlarida kapitalizmning feodalizm ustidan g’alabasi tashkil etadi. O’rta asrlardagi olimlar o’sha davrdagi tarixga doir bilimlar darajasi va antik hamda diniy an’analarga asoslanib butun jahon tarixini 4 ta monarxiya tarixi davrlariga ajratganlar, bular – Ossuriya-Bobil tarixi, Midiya-fors tarixi, grek-makedon tarixi va Rim tarixi. XV-XVI asrlardagi gumanistlar birinchi bo’lib antik davrga qarama qarshi bo’lgan «o’rta asrlar» tuShunchasini ishlab chiqdilar va Yangi tarix boshlanganligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdilar. Ular dunyoviy mafkuraning rivojlanishini, shaxs va jamiyatni katolik cherkovining cheksiz hukmronligidan ozod bo’lish uchun olib borilgan kurashni Yangi davrning asosiy xususiyati deb hisoblardilar. XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab g’arbiy Yevropa universitetlarida jahon tarixini qadimgi tarix (g’arbiy Rim imperiyasining qulashigacha), o’rta asrlar va Yangi davrga ajratish an’anasi keng yoyila boshladi. Lekin burjua-pomeshchik tarixiy adabiyotida Yangi tarixning boshlanishi turlicha tuShunilardi. CHerkov va konservativ dvoryan adabiyotida Yangi tarixning boshlanishi sifatida usmonli turklar bosqinchiligi natijasida Konstantinopolning qulashi (1453 y) voqeasi qabul qilingan edi. XIX asr oxirlarida AQSHda va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Yangi tarixning boshlanishini Buyuk geografik kashfiyotlar bilan, eng avvalo Amerikaning kashf etilishi bilan (1492 y) bog’lash to’g’risidagi qarashlar keng yoyila boshladi.Yevropada XIX asrning 80 yillarida rus sotsiolog olimi L.I.Mechnikov tarixni 3 davrga bo’lish fikrini, ya’ni qadimgi sivilizatsiyalar davri, O’rtayer dengizi sivilizatsiyasi davri va okean sivilizatsiyasi davriga bo’lish fikrini ilgari surdi. Yangi tarixning xronologik chegaralarini XVII asr o’rtalaridagi ingliz burjua inqilobidan boshlab 1-jahon urushining tugashi bilan yakunlash mumkin. Yangi tarixni davrlashtirishda ham yagona fikr, yagona qarash yo’q. Ko’pincha Yangi tarix 2 ta katta davrga ajratib o’rganiladi. Uning birinchi davri 1640-1870 yillarni o’z ichiga olib, bu davr Amerika va Yevropaning ilg’or mamlakatlarida kapitalizmning g’alabasi va qaror topishi davri hisoblanadi. 2-davr 1871-1917 yillarni o’z ichiga olib, bu davr kapitalizm inqirozi va sotsialistik inqiloblar davri hisoblanadi.Yangi tarixning 1-davri XVII asr o’rtalaridagi ingliz burjua inqilobidan boshlanadi va Frantsiya-Prussiya urushigacha davom etadi. Yangi tarixning 2-davrida kapitalistik davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiyotda erkin raqobat o’rnini monopoliyalarning hukmronligi egalladi. Ishchilar harakati kengaydi, sotsialistik va sotsial-demokratik yo’nalishdagi siyosiy partiyalar tashkil topdi. Mustamlakalar uchun etakchi davlatlar o’rtasida kurash kuchaydi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin